Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » BALIQ — OMEGA-3 YOG‘ KISLOTALARI VA OQSILGA BOY, YURAK VA MIYA UCHUN FOYDALI

BALIQ — OMEGA-3 YOG‘ KISLOTALARI VA OQSILGA BOY, YURAK VA MIYA UCHUN FOYDALI

6-02-2026, 17:06
25
Odam organizmiga shifobaxsh ta’sir etuvchi minglab omillar ichida ovqatlanish ayniqsa, o‘z vaqtida va me’yorida, zarur bo‘lganda esa parhezbop taomlar iste’mol qilish muhimdir.
Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib iste’mol qilinadi. Ayniqsa, tez hazm bo‘lishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq go‘shti tarkibida juda ko‘p vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qo‘y go‘shtidan yuqori turadi. Baliq go‘shtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak bo‘ladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi.

➡️O‘zida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagani sababli baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi.

➡️ Baliqni "miya uchun ozuqa" deb bejiz aytishmaydi: axir uning tarkibida Omega-3 – boshqa hech qaysi modda bilan almashtirib bo‘lmaydigan yog‘ kislotalari mavjud. Olimlarning fikriga ko‘ra, bu "yaxshi" yog‘lar - kuchli yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, u ko‘rish qobiliyatining pasayishidan tortib, Alsgeymer kasalligigacha bo‘lgan turli xil kasalliklarning oldini olishda organizmga yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.