Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun nachinka va yarim tayyor mahsulotlar qanday saqlanishi kerak?

Non va non mahsulotlari ishlab chiqarish uchun nachinka va yarim tayyor mahsulotlar qanday saqlanishi kerak?

1-05-2026, 09:32
14
Mahsulotlar quyidagicha saqlanishi belgilangan:
– yopiq idishlarda;
– belgi qo‘yilgan holda;
– +6°C gacha bo‘lgan haroratda.

🔄 Unni saqlash shartlari:
– barcha oziq-ovqat mahsulotlaridan  alohida;
– qoplarda saqlanganda – devorlardan 50 sm va poldan 15 sm masofada joylashgan stellajlardagi shtabellarda;
– maxsus idishlarda (bunker, silos).

🧂 Tuzni saqlash shartlari:
– quruq holda qopqoqli qutilarda;
– filtrlangan holda idishlardagi eritma ko‘rinishida.

🍭 Shakarni saqlash shartlari:
– qoplarda (javonlarda) taxlangan holda;
– havoning nisbiy namligi 70-75% dan oshmaydigan toza va quruq xonada saqlash lozim.

🛡 Presslangan, quruq va suyuq xamirturush, xamirturushli sut, yog‘lar, tuxum, sut mahsulotlari (sut, qaymoq, smetana, tvorog va zardob)ni saqlash shartlari:
– sovutgichda;
– 0 dan +4°C gacha bo‘lgan haroratda.

🔴 Bo‘yoqlar, xushbo‘ylantirgichlar, vitaminlar, emulgatorlar ishlab chiqarishga yuborishdan oldin:
– filtrlardan o‘tkazilishi;
– elakdan elanishi kerak.

 (https://www.instagram.com/reel/DXtQWy2gCue/?igsh=cDF0MTVwdjExeXUx)⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.