Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini Brakeraj komissiyasi nazorat qilishi shart

Maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini Brakeraj komissiyasi nazorat qilishi shart

26-12-2025, 14:57
29
Bolalar salomatligini saqlash va ularni sifatli, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini o‘rganish bo‘yicha maxsus brakeraj komissiyasi faoliyat yuritadi.
⚕️ Brakeraj komissiyasi
Maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri tomonidan har yili alohida buyruq bilan tashkil etiladi.
Komissiyaga quyidagi shaxslar kiradi:
•  muassasa hamshirasi (rais sifatida),
•  tarbiyachi,
•  oshpaz,
•  kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi,
•  ota-onalar yoki ularning vakillari.
📚Brakeraj komissiyasining asosiy vazifalari:
•  Oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar sifatini tekshirish;
•  Sifat ko‘rsatkichlarini doimiy o‘rganish;
•  O‘rganish natijalari alohida yuritiladigan maxsus brakeraj daftarida qayd etib borish.

📖 Brakeraj daftari
•  Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi ma’lumotlar belgilangan tartibda to‘ldirilib, hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanadi.
•  Daftarning birinchi sahifasida komissiyani tasdiqlash haqidagi buyruqdan ko‘chirma joylashtiriladi.
•  Brakeraj daftari yuritilishini komissiya a’zolari doimiy ravishda nazorat qiladi.
•  Daftar tikilgan, raqamlangan, muassasa rahbari tomonidan imzolangan va muhrlangan bo‘lishi kerak.

🥛 Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari uchun alohida daftar yuritiladi.
•  Unda mahsulotning ishlab chiqarilgan sanasi, muassasaga qabul qilingan vaqti hamda amal qilish muddati yozib boriladi.
•  Daftar tikilgan, raqamlangan va muhrlangan holda saqlanadi.
•  Daftarning birinchi sahifasida mahsulotlarning saqlanish muddatlari haqidagi jadval ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
•  Bu daftar uchun hamshira va muassasa mudiri bevosita mas’ul hisoblanadi.

🍽 Tayyor taomlardan sinama olish tartibi:
•  Har kuni tayyorlangan taomlardan tarqatilishidan 15–20 daqiqa oldin maktabgacha ta’lim muassasasi hamshirasi tomonidan kunlik sinama olinadi.
•  Sinama toza idishga solinib, idishning ustki qismiga taomning nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda, sovutgich yoki boshqa sinama sifatiga ta’sir qilmaydigan sharoitda to‘liq bir sutka saqlanadi. 

🛍 Mahsulotlarni qabul qilish tartibi:
•  Ta’minotchilar tomonidan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari faqat brakeraj komissiyasi ko‘rigidan so‘ng muassasaning ombor mudiri tomonidan omborxonaga qabul qilib olinadi.
•  Komissiya mahsulotlarning sifatini kafolatlovchi hujjatlar (sertifikat, markirovka) mavjudligi, shartnomada belgilangan narxi va mahsulotning tavsifiga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi.
•  Qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga muvofiq holda saqlanadi va sarflanadi.

 🏷 Omborxona hisobi:
•  Omborga keltirilgan mahsulotlar va oshxonaga berilgan oziq-ovqatlar maxsus daftar orqali qayd etiladi.
•  Ushbu daftarni yuritish uchun ombor mudiri mas’uldir.

✅ Barcha jarayonlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena me’yorlariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiriladi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.