Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Umumiy ovqatlanish shahobchalarining hojatxonalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar

Umumiy ovqatlanish shahobchalarining hojatxonalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar

29-01-2026, 17:56
30
Umumiy ovqatlanish obyektlarida (restoran, kafe, oshxona va boshqalar) hojatxonalar sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda jihozlanishi va saqlanishi lozim.

Asosiy talablar:

💧Hojatxonalar ovqat tayyorlanadigan, saqlanadigan va iste’mol qilinadigan xonalardan alohida joylashtirilishi kerak.

💧Hojatxonalar muntazam ravishda tozalanib, dezinfeksiya ishlari olib borilishi shart.

💧Qo‘l yuvish joylari issiq va sovuq suv bilan uzluksiz ta’minlangan bo‘lishi lozim.

💧Suyuq sovun, antiseptik vositalar, qog‘oz sochiq yoki qo‘l quritgichlar mavjud bo‘lishi talab etiladi.

💧Shamollatish tizimi soz holatda bo‘lib, yoqimsiz hidlarning oldi olinishi kerak.

💧Chiqindilar uchun qopqoqli axlat qutilari o‘rnatilib, ular o‘z vaqtida bo‘shatib turilishi zarur.

💧Imkoniyatdan kelib chiqqan holda, xodimlar va mijozlar uchun hojatxonalar alohida tashkil etilishi tavsiya etiladi.


Hojatxonalar gigiyenik holatining me’yorlarga mos bo‘lishi aholining sanitariya xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.