Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » BOTULIZM — ENG XAVFLI OVQATDAN ZAHARLANISH TURLARIDAN BIRI

BOTULIZM — ENG XAVFLI OVQATDAN ZAHARLANISH TURLARIDAN BIRI

22-12-2025, 16:59
19
 Botulizm — Clostridium botulinum bakteriyasi ajratadigan kuchli neyrotoksin sabab yuzaga keladigan og‘ir kasallik.
U inson asab tizimiga ta’sir qilib, hayot uchun xavf tug‘diradi.

🍽 Qanday ovqatlarda uchraydi?
• Uy sharoitida tayyorlangan konservarlar
• Tuzlama va marinadlar
• Issiq bo‘lmagan joyda saqlangan baliq, kolbasa, qo‘ziqorin
• Yopiq bankadagi botulotoksin ko‘zga ko‘rinmaydi, hidsiz va ta’msiz bo‘ladi!

🔍 Belgilari:
• Ko‘rishning xiralashishi
• Og‘iz qurishi
• To‘satdan boshlanadigan bosh og‘rig‘i
• Qusish, zaiflik
• Nafas olish qiyinlashishi — ENG XAVFLI BELGI!

🛡 Oziq-ovqatdan himoya qilish uchun:
✔️ Bankaning qopqog‘i shishgan bo‘lsa — aslo ochmang!
✔️ Konserva va tuzlamalarni faqat ishonchli manbadan sotib oling
✔️ Ta’mi, hidi yoki ko‘rinishi shubhali bo‘lsa — darhol tashlang

❗️ Eslab qoling: birinchi belgilardan boshlab darhol tibbiy yordamga murojaat qiling!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.