Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Gripp asoratlari — ko‘rinmaydigan xavfga e’tibor bering!

Gripp asoratlari — ko‘rinmaydigan xavfga e’tibor bering!

3-12-2025, 11:12
6
Gripp ko‘pchilikka oddiy shamollashdek tuyuladi. Ammo aslida u organizmni zaiflashtirib, jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa bolalar, homilador ayollar, keksa yoshdagilar va surunkali kasalligi bor insonlarda xavfi yanada yuqori.

Eng ko‘p uchraydigan asoratlar:

Kutilmaganda va tezda harorat oshadi, kuchli bosh og‘rig‘i.

Pnevmoniya — o‘pkani zararlab, nafasni og‘irlashtiradi, hayot uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

Bronxit — kuchli yo‘tal va havo yetishmasligiga olib keladi.

Otit (o‘rta quloq yallig‘lanishi) — og‘riq va eshitishning pasayishi bilan kechadi.

Miokardit — yurak mushagining yallig‘lanishi, yurak urishining buzilishi bilan namoyon bo‘ladi.

Sinusit — bosh og‘rig‘i, burun bitishi va yomon nafas bilan davom etadi.


O‘z vaqtida shifokorga murojaat qiling, emlaning va gigiyena qoidalariga amal qiling. Grippning oldini olish — asoratning oldini olish demakdir.

https://t.me/XivatumanSEOJSB
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.