Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » YOSHLAR BILAN UCHRASHUV VA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT

YOSHLAR BILAN UCHRASHUV VA “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA OCHIQ MULOQOT

5-06-2026, 15:12
37
2026-yil 4-iyun kuni Xiva tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida Urganch davlat tibbiyot instituti Tibbiy profilaktika yo‘nalishi bitiruvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Xiva tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi boshlig‘i K.A.Bobajanov ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohada yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, mavjud vakant ish o‘rinlari hamda mutaxassislarni ishga qabul qilish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar oldilar.

Sanepidqo‘mita Xiva tuman bo'limi axborot xizmati
https://t.me/XivatumanSEOJSB
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.