“Yangicha mahallabay” targ‘ibot tadbirlari

Xiva tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan “Yangicha mahallabay” tizimi asosida Xiva tuman hududidagi Sho'rko'l mahallasida keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Yig‘ilish davomida aholi salomatligini saqlash, yuqumli va o‘ta yuqumli kasalliklar, parazitar kasalliklar hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining oldini olish yuzasidan batafsil ma’ruzalar qilindi. Shuningdek, mavzuga oid dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularning oldini olish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bo‘lim mutaxassislari tomonidan mahalladagi xonadonlarga chiqib, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi hamda tushuntirish- targ‘ibot ishlari olib borildi.
✅ Targ‘ibotlar davomida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 Xonadonlar va hovlilarni doimiy toza saqlash, chiqindilarni to‘g‘ri yo‘q qilish;
🔹 Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish (qo‘l yuvish, toza ichimlik suvidan foydalanish);
🔹 Ovqatdan zaharlanishning oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ri saqlash va tayyorlash;
🔹 Ichimlik suvi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati ustidan nazoratni kuchaytirish
🔹 Sanitariya holati qoniqarsiz bo‘lgan joylar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🔹Xonadonlarda dezinfeksiya tadbirlari amalga oshirildi;
🔹 Bolalarda gijja (gelmintoz) kasalliklarini erta aniqlash maqsadida surtma namunalari olinib, laborator tekshiruvlarga yuborildi;
🔰 Mazkur targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi — aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
🔰 Xiva tuman Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi Axborot xizmati
https://t.me/XivatumanSEOJSB
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Serchali mahallasida aholi bilan yangicha mahallabay ishlash tizimi bo'yicha yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo'yicha sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.24-04-2025, 12:39
Xiva tuman SEO va JSB hodimlari tomonidan Al-Xorazmiy mahallasida aholi bilan yangicha mahallabay ishlash tizimi bo'yicha yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo'yicha sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.23-04-2025, 11:57
Sanepidqo'mita Xorazm viloyati Xiva tuman bo'limi xodimlari tomonidan Varagzon mahallasida Yangicha mahallabay ishlash tizimi bo'yicha sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi17-12-2025, 14:53
Targ'ibot tadbirlari24-09-2025, 15:43
Xiva tuman SEO va JS bo'limi hodimlari tomonidan Pirnaxos mahallasida aholi bilan yangicha mahallabay ishlash tizimi bo'yicha yuqumli va parazitar kasalliklar profilaktikasi bo'yicha sanitariya targ'ibot ishlari o'tkazildi.23-04-2025, 12:02











