Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BORASIDA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH BORASIDA XALQARO HAMKORLIK KENGAYMOQDA

16-02-2026, 12:16
15
Joriy yilning 13- fevral kuni Sanepidqo‘mita hamda Ummon sultonligining Atyab International Services (AIS Oman) kompaniyasi bosh ijrochi direktori va kompaniyaning mamlakatimizdagi filiali vakillari ishtirokida o‘zaro manfaatli hamkorlik va professional aloqalarni kengaytirish yuzasidan  ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida oziq-ovqat mahsulotlarining nazorati, laboratoriya sinovlari va sertifikatlashtirish sohasida tajriba almashish yuzasidan hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek qo‘shma o‘quv dasturlari va treninglarni tashkil etish hamda Xalqaro standartlarni (ISO, HACCP, GMP va boshqalar) sohaga joriy etish bo‘yicha muzokara olib borildi. Tomonlar kelgusida rasmiy hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan  takliflarni ko‘rib chiqish taklifini bildirdilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.