Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

17-04-2026, 15:55
25
Hududda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini kamaytirish hamda tezkor xizmatlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida kompleks taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur mashg‘ulotda:
sanitariya-epidemiologiya xizmati,
gaz avariya xizmati,
yong‘in-qutqaruv xizmati,
tez tibbiy yordam brigadalari
vakillari faol ishtirok etdilar.
Mashg‘ulot shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda holatlarga hamkorlikda tayyorgarlik mashg'uloti tashkil etildi.

🔍 Mashg‘ulot davomida
-favqulodda vaziyatlarda yong‘inni bartaraf etish,gaz sizib chiqishini aniqlash va bartaraf etish
-avariya holatini izolyatsiya qilish -xavfli hududni nazoratga olish jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
-og‘ir holatdagi bemorlarni saralash, ularni tibbiyot muassasalariga yetkazish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi
-favqulodda vaziyat hududida sanitariya-gigiyenik holatni baholash
-infeksiya tarqalishining oldini olish choralari
-dezinfeksiya ishlarini tashkil etish
-aholi o‘rtasida tushuntirish va profilaktika tadbirlarini olib borish yo‘lga qo‘yildi.

Mashg‘ulot davomida barcha xizmatlar o‘rtasida:
-tezkor axborot almashinuvi;
-yagona boshqaruv ostida harakat qilish;
-o‘zaro muvofiqlashtirilgan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha muhim tajribalar shakllantirildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.