Korrupsion holatlarning oldini olishga bag'ishlangan o'quv-seminari o'tkazildi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish yo‘nalishida bilim, ko‘nikma va malakalarini yanada mustahkamlash maqsadida onlayn formatda o‘quv seminari tashkil etildi.🔄Mazkur seminar Qo‘mitaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda “ALFAKON SYSTEMS” konsalting markazi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Unda soha xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsion holatlarning oldini olish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔄O‘quv seminarida “ALFAKON SYSTEMS” konsalting markazi mutaxassisi Shoxruh Alakxodjayev tomonidan ISO 37001:2025 korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, korrupsiyaning asosiy shakllari va kelib chiqish sabablari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mazkur xalqaro standartni amaliyotga joriy etishning ahamiyati va samaradorligi misollar asosida tushuntirildi.
🔝Seminar davomida ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashish, savol-javoblar orqali mavzular yanada chuqurroq yoritildi. Bu esa xodimlarning mazkur yo‘nalishdagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Batafsil:👇👇👇
https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/149369
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Ochiq eshiklar kuni3-12-2025, 15:48
Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati8-08-2025, 09:47
Korrupsiyaga qarshi kurashish29-07-2025, 12:33
"Sog'liqni saqlash vazirligi tizimi tashkilotlarida 2025-yil avgust oyi Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi" mavzusida yig'ilish o'tkazildi.27-08-2025, 15:18
Qizamiq bo‘yicha muhim ilmiy tadqiqot boshlandi!10-04-2026, 09:37











