Meningit — bu bosh va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bilan kechadigan, o‘ta xavfli va tez rivojlanuvchi yuqumli kasallikdir.
Asosiy belgilari: ✔️Tana haroratining birdan ko‘tarilishi.
✔️Chidab bo‘lmaydigan darajadagi og‘riq va ko‘ngil aynishi, qusish.
✔️Bemor boshini oldinga egib, iyagini ko‘kragiga tekkiza olmaydi.
✔️Yorqin chiroqqa qaray olmaslik (fotofobiya).
✔️Terida bosilganda yo‘qolmaydigan to‘q qizil yoki binafsharang toshmalar paydo bo‘lishi.
❗️Oldini olish choralari:
➖Emlanish — kasallikdan himoyalanishning eng ishonchli usulidir.
➖Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvish, shaxsiy idish-tovoq, tish cho‘tkasi va sochiqlardan alohida foydalanish.
➖Kasallik alomatlari bor odamlar bilan yaqin muloqotdan qochish.
➖Uy va ish joylarini muntazam shamollatish hamda namli tozalov ishlarini o‘tkazish.
➖Immunitetni mustahkamlash — sog‘lom ovqatlanish, yetarlicha dam olish.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
GRIPPDAN EHTIYOT BO‘LING!5-02-2026, 11:24
Epidemik parotit qanday kasallik?7-03-2026, 12:45
POLIOMIYELIT — O‘TA YUQUMLI VA XAVFLI KASALLIK12-01-2026, 10:43
Qizamiq kasalligining oldini olish uchun quyidagi asosiy choralarga amal qilish zarur.14-01-2026, 16:58
MAVSUMIY KASALLIK — GRIPP8-01-2026, 16:46











