POLIOMIYELIT — O‘TA YUQUMLI VA XAVFLI KASALLIK
Poliomiyelit (bolalar falaji) — asosan bolalarda uchraydigan, asab tizimini zararlovchi o‘ta yuqumli virusli kasallik hisoblanadi. Kasallik poliovirus orqali tarqaladi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
🔬 Kasallik qanday yuqadi?
Poliomiyelit virusi asosan:
🚰 ifloslangan suv va ovqat orqali
✋ yuvilmagan qo‘llar orqali
👶 bemor bilan bevosita muloqotda
🧸 umumiy o‘yinchoq va buyumlar orqali yuqadi
Ayniqsa, gigiena qoidalariga rioya qilinmasa, virus tez tarqaladi.
⚠️ Asosiy belgilari:
🤒 tana haroratining ko‘tarilishi
🤕 bosh va mushak og‘riqlari
🤢 holsizlik, ko‘ngil aynishi
🚶♂️ qo‘l-oyoq mushaklarining kuchsizlanishi
♿️ og‘ir holatlarda — falajlik (shol)
⚠️ Ba’zi hollarda kasallik belgisiz kechadi, ammo virus boshqalarga yuqishi mumkin!
🛡️ Oldini olishning eng ishonchli yo‘li — VAKSINATSIYA!
💉 Poliomiyelitga qarshi emlash:
bolalarni kasallikdan 100% ga yaqin himoya qiladi
og‘ir asoratlar va falajlikning oldini oladi
milliy emlash taqvimiga muvofiq bepul amalga oshiriladi
✅ Profilaktika choralari:
👶 bolalarni o‘z vaqtida emlatish
✋ qo‘llarni sovunlab tez-tez yuvish
🚰 faqat toza ichimlik suvidan foydalanish
🧼 sanitariya-gigiena qoidalariga amal qilish
🚫 kasallik belgilari bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish
📢 Unutmang!
Poliomiyelitni davolash qiyin, ammo oldini olish juda oson. Emlash — farzandingiz kelajagi uchun eng muhim qadam!
Sanepidqo'mitasi Xiva tuman bo'limi Axborot xizmati

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.