Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi muhim qoidalarga amal qilish zarur:
Gigiyena qoidalari-Ovqat tayyorlashdan oldin va keyin qo‘llarni sovunlab yuvish
-Oshxona jihozlari (pichoq, taxta, idishlar)ni toza saqlash
-Xom va pishgan mahsulotlar uchun alohida pichoqlar va taxtachalar ishlatish
⚠️ Mahsulotlarni to‘g‘ri tayyorlash
-Go‘sht, baliq, tuxum va parranda mahsulotlarini to‘liq pishirish
-Yarim xom mahsulotlarni iste’mol qilmaslik
-Ovqatni qayta isitishda yaxshilab qizdirish
⚠️ Saqlash qoidalari
-Tez buziladigan mahsulotlarni muzlatkichda saqlash
-Tayyor ovqatni xona haroratida 2 soatdan ortiq qoldirmaslik
-Muzlatilgan mahsulotni qayta muzlatmaslik
⚠️ Mahsulot tanlash
-Faqat yangi va sifatli mahsulotlarni sotib olish
-Amal qilish muddati o‘tgan mahsulotlardan foydalanmaslik
-Meva va sabzavotlarni iste’moldan oldin yaxshilab yuvish
⚠️ Suv va ichimliklar
-Faqat toza va qaynatilgan yoki filtrlangan suv ichish
-Shubhali manbadan olingan suv va ichimliklardan saqlanish
⚠️ Ovqatlanish joylari
-Tozaligi va sanitariya qoidalariga rioya qilinadigan joylarda ovqatlanish
-Ko‘cha ovqatlarini tanlashda ehtiyot bo‘lish
✅Bu qoidalarga amal qilish ovqatdan zaharlanish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi va sog‘lig‘ingizni himoya qiladi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
OVQATDAN ZAHARLANISHNI OLDINI OLISH UCHUN MUHIM QOIDALAR23-12-2025, 16:12
KREMLI QANDOLAT MAHSULOTLAR24-12-2025, 14:46
Ovqatdan zaharlanishning oldini olish uchun quyidagi muhim qoidalarga amal qilish zarur.20-01-2026, 09:58
MAHSULOTLARNI MUZLATISH QOIDALARINI BILIB OLING19-01-2026, 09:50
Maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini Brakeraj komissiyasi nazorat qilishi shart26-12-2025, 14:57











