Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Deratizatsiya – yuqumli kasalliklardan himoyalanishda muhim

Deratizatsiya – yuqumli kasalliklardan himoyalanishda muhim

12-01-2026, 10:35
7
❌Sichqon va kalamushlar nafaqat yoqimsiz, balki juda xavfli ekanini bilasizmi? Aynan shu kemiruvchilarga qarshi kurash deratizatsiya deb ataladi.

📌 Deratizatsiya — bu sichqonlar va kalamushlarni yo‘q qilish, ularning ko‘payishining oldini olish va atrof-muhitni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasidir.

🔍Deratizatsiyaning asosiy maqsadlari:
✅Kemiruvchilarni yo‘q qilish va sonini kamaytirish.
✅ Kasalliklar tarqalishining oldini olish.
✅Oziq-ovqat va binolarni iqtisodiy zarardan himoya qilish.
✅Kemiruvchilarning qayta paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Deratizatsiya qanday usullarda amalga oshiriladi?
🔹 Mexanik usul — tuzoqlar yordamida ushlash.
🔹 Kimyoviy usul — zaharli primankalar orqali yo‘q qilish.
🔹 Profilaktika — tozalikka rioya qilish, oziq-ovqatni yopiq saqlash, kemiruvchilar yashirinishi mumkin bo‘lgan joylarni bartaraf etish.

Kemiruvchilar turli yuqumli kasalliklarni tashuvchi bo‘lib, inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘diradi.

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.