Nega kun sovishi bilan gripp va O'RVI ko‘payadi?
Kuz va qish fasllari kelishi bilan shamollash, gripp va O'RVI bilan kasallanishlar keskin ko‘payadi. Buning bir nechta ilmiy asoslangan sabablari bor:🔹 1. Viruslar sovuq havoda uzoq yashaydi
Gripp va ORVI viruslari sovuq va nam havo sharoitida tashqi muhitda uzoqroq saqlanib qoladi va tezroq tarqaladi.
🔹 2. Immunitet pasayadi
Kunlar qisqarishi, quyosh nuri (D vitamini) kamayishi va sovuq immun tizimni vaqtincha zaiflashtiradi.
🔹 3. Odamlar yopiq joylarda ko‘proq bo‘ladi
Sovuqda derazalar yopiq, xonalar shamollatilmaydi. Bu esa viruslarning havo orqali tez tarqalishiga olib keladi.
🔹 4. Nafas yo‘llari sovuqdan himoyasiz qoladi
Sovuq va quruq havo burun shilliq qavatini quritadi. Natijada viruslarga qarshi tabiiy himoya susayadi.
🔹 5. Profilaktik choralar kamaygan
Niqob, qo‘l gigiyenasi va masofa saqlashga e’tibor kamaygani viruslar tarqalishini tezlashtirmoqda.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Yodlangan osh tuzi iste’moliga e’tibor qarating!15-12-2025, 17:27
Gripp asoratlari — ko‘rinmaydigan xavfga e’tibor bering!3-12-2025, 11:12
Gripp kasalligidan saqlaning!15-12-2025, 17:29
GRIPP yoki SHAMOLLASH. Ikkisini qanday farqlash mumkin?6-12-2025, 10:18
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ovqatlanishga qo‘yiladigan talablar:18-11-2025, 10:54











