Kuydirgidan ehtiyot bo’ling!
Kuydirgi — odam va hayvonlarda uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik. Zoonoz kasalliklar guruhiga kiradi. Kasallik qadimdan maʼlum. Gippokrat ham bu haqida yozib qoldirgan. Kuydirgi qoʻzgʻatuvchisi — Bacillus anthracis — spora hosil qiladigan harakatsiz tayoqcha. Sporalar juda chidamli boʻlib, suvda yillab, tuproqda oʻn yillab (20—30 yil va undan ortiq) saqlanishi mumkin.
Odamga kasal hayvonlardan — hayvonni soʻyish, goʻshtini nimtalash vaqtida, shuningdek, suv, tuproq, chorva mahsulotlari orqali yuqadi. Odatda, kasallik shu soha xodimlarida, yaʼni hayvonlar bilan bevosita muloqotda boʻladigan kishilarda koʻproq kuzatiladi.
Infeksiya sogʻlom odam organizmiga nafas yoʻllari, teri va ogʻiz orqali tushishi mumkin. Odamda kuydirgining oʻpkaga, ichakka, teriga zarar yetkazadigan va infeksiya — qonga oʻtib tarqaladigan septik xillari uchraydi. Kasallik alomatlari ham zararlangan aʼzolarga qarab turlicha boʻladi.
Kasallik belgilari
Kasallikning yashirin davri 1 —3 kun davom etadi. Mikrobning organizmga qayerdan kirishiga qarab teri, ichak formalari boʻladi. Kasallikni oʻtkir holatlarida hayvon bir necha soat ichida oʻladi. Hayvonning burun, ogʻiz teshiklaridan qon aralash koʻpik, orqa teshikdan qora rangdagi qon oqadi, harorati 41—42° ga koʻtiriladi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, holsizlanadi, ishtaha yoʻqoladi va koʻpincha yotadi. Kasallikning ichak turlarida oshqozon, ichak organlari faoliyati boʻziladi va oʻlgandan keyin ham orqa va boshqa tabiiy teshiklaridan qon oqadi.
Kuydirgi bilan kasallangan hayvonni bilmasdan soʻyganda qoni qop-qora boʻlib, ivimaydi. Bu kasallikdan gumon qilingan hayvonni soʻyish mumkin emas, chunki organizmdagi kapsula holatidagi, tez oʻldirib boʻladigan mikrob tashqi, kislorodli muhitga tushishi bilan juda chidamli spora turiga aylanadi va tuproqda 100 yilgacha saqlanib qoladi.
Davolash
Kuydirgiga maxsus giperimmun qon zardobi, gamma-globulin va antibiotiklardan penitsillin ishlatiladi.
Kasallikni oldini olish uchun kasal hayvonlar yakkalab qoʻyiladi, otxona, molxona, qoʻyxona, yem-xashak, asbob-anjomlar, shuningdek, goʻng dezinfeksiya qilinadi. Yaylovlar haydaladi. Kuydirgidan oʻlgan hayvonlar kuydiriladi yoki maxsus belgi qoʻyib yormasdan koʻmilib, ustiga xlorli ohak quyiladi. Kuydirgi qayd etilgan joylarda sogʻlom hayvonlar emlanadi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring