KO‘RINMAS XAVF: GEPATIT A dan QANDAY HIMOYALANAMIZ?
KO‘RINMAS XAVF: GEPATIT A dan QANDAY HIMOYALANAMIZ?
Aytingchi, virusli gepatit A qanday kasallik?
Virusli gepatit A — bu o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, asosan maishiy-muloqot yo‘li orqali yuqadi. Ya’ni iflos qo‘llar, sifatsiz ichimlik suvi va yuvilmagan oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishi kuzatiladi. Ushbu kasallik ko‘proq bolalar orasida uchraydi. Respublikamizda gepatit A bo‘yicha har 3–4 yilda epidemik ko‘tarilishlar kuzatilishi mumkin.
Kasallikning asosiy sabab va omillari nimalardan iborat?
Asosiy sabablar bir nechta. Eng avvalo, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmasligi katta omil hisoblanadi. Bundan tashqari:
- toza ichimlik suvi bilan ta’minot yetarli emasligi;
- bemorlarning shifokorga kech murojaat qilishi;
- uy sharoitida sanitariya qoidalariga amal qilinmasligi;
- yosh bolalarda gigiyenik ko‘nikmalar yetarli shakllanmaganligi;
- ta’lim muassasalarida sanitariya talablariga to‘liq rioya qilinmasligi ham kasallik tarqalishiga sabab bo‘ladi.
Kasallik odatda quyidagi belgilar bilan boshlanadi:
- holsizlik va tez charchash;
- tana haroratining ko‘tarilishi;
- qorin og‘rig‘i;
- ko‘ngil aynishi va ishtahaning pasayishi;
- ko‘z va terining sarg‘ayishi;
- siydik rangining to‘q tusga kirishi.
Kasallikdan keyingi asoratlar haqida nima deya olasiz?
Gepatit A boshqa gepatit turlariga qaraganda yengilroq kechadi va odatda surunkali shaklga o‘tmaydi. Ya’ni jigar sirrozi yoki saratoniga olib kelmaydi. Ammo ayrim hollarda o‘tkir jigar yetishmovchiligi, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari yallig‘lanishi kabi asoratlar kuzatilishi mumkin.
Gepatit A ning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
Oldini olish choralariga qat’iy rioya qilish juda muhim:
- ovqatdan oldin va hojatdan keyin qo‘llarni sovunlab yuvish;
- faqat toza va xavfsiz ichimlik suvidan foydalanish;
- meva-sabzavotlarni yaxshilab yuvish;
- uy va ish joylarida tozalikni saqlash;
- ta’lim muassasalarida sanitariya qoidalariga amal qilish;
- xonalarni muntazam shamollatish va namli tozalash;
- yuqumli kasalliklarni erta aniqlash uchun tibbiy nazoratni kuchaytirish.
Respublikamizda 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi bepul emlash ishlari olib boriladi. Gepatit A ga qarshi emlash esa asosan epidemiologik ko‘rsatmalar asosida amalga oshiriladi. Zarurat tug‘ilganda hududiy byudjet hisobidan vaksina olib, aholini emlash tashkil etilishi mumkin.
Gepatit A — oddiy gigiyena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Uni oldini olish esa har bir insonning o‘z qo‘lida.
Qo‘llaringizni tez-tez yuving — sog‘lig‘ingizni asrang!
Sanepidqo‘mita
Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
QO‘L YUVISHNI UNUTMANG — GEPATIT A dan SAQLANING10-04-2026, 09:33
💉Virusli gepatit A kasalligiga qarshi emlashning ahamiyati! Virusli gepatit A — jigarni zararlovchi yuqumli kasallik bo‘lib, asosan ifloslangan suv, oziq-ovqat va kir qo‘llar orqali yuqadi. Kasallikning oldini olishning eng samarali usuli—emlashdir9-06-2026, 14:54
POLIOMIYELIT — O‘TA YUQUMLI VA XAVFLI KASALLIK12-01-2026, 10:43
Toza bo‘lmagan asboblar — gepatit B manbai!7-03-2026, 12:47
🦠 GEPATIT C NING OLDINI OLISH – O‘ZINGIZ VA YAQINLARINGIZNI HIMOYA QILING!2-07-2026, 11:30











