Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Havo-tomchi va havo-chang yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar:

Havo-tomchi va havo-chang yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar:

1-05-2026, 09:33
12
– gripp va O‘RVI;
– difteriya;
– ko‘kyo‘tal;
– qizamiq;
– suvchechak;
– qizilcha;
– epidemik parotit;
– o‘pka sili va boshqalar

🐾Fekal-oral yo‘li bilan tarqaladigan infeksiyalar:
– qorin tifi hamda A va V paratiflari;
– dizenteriya;
– salmonellyoz;
– virusli gepatit A;
– gelmintozlar;
– botulizm;
– vabo va boshqalar.

👥Maishiy-kontakt yo‘li bilan yuqadigan infeksiyalar:
– qichima;
– pedikulyoz (bitlash);
– mikrosporiyalar;
– trixofitiya;
– qoqshol;
– quturish; 
– kuydirgi va boshqalar. 

🦟 Qon so‘ruvchi hasharotlar (chivinlar, kanalar, burgalar, bitlar, so‘nalar, bo‘kalar  va boshqalar) chaqishi orqali yuqadigan infeksiyalar:
– bezgak;
– tulyaremiya;
– toshmali tif;
– kana ensefaliti;
– o‘lat va boshqalar.

👤Parenteral yo‘l bilan (ineksiya, jarohat, operatsiya, tatuirovka, qon, sperma/vaginal sekretsiya, ko‘krak suti, limfa va boshqalar) va vertikal yo‘l bilan (onadan homilaga) yuqadigan infeksiyalar: 
– zaxm;
– gonoreya;
– trixomoniaz;
– virusli gepatit B va C;
– OIV infeksiyasi va boshqalar.

❗️Yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olishning asosiy chora-tadbirlari quyidagi  vositalar orqali amalga oshiriladi:
– infeksiya manbalarini o‘z vaqtida aniqlash;
– infeksiya manbalariga ta’sir ko‘rsatish;
– infeksiya yuqish yo‘llarini uzish;
– infeksiyaga moyil bo‘lgan inson organizmiga ta’sir o‘tkazish;
– veterinariya va fitosanitariya nazoratini o‘z vaqtida amalga oshirish;
– ovqatlanishni tashkil etish jarayoni qoidalariga rioya qilish (sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash muddatlari va qoidalariga amal qilish, ovqatga to‘g‘ri kulinariya va termik ishlov berish, xom oziq-ovqat mahsulotlarini tatib ko‘rishdan saqlanish, faqat oqar ichimlik suvi bilan yaxshilab yuvilgan sabzavotlar, ko‘katlar va mevalarni iste’mol qilish).

⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.