2025-yilda 32 ta SanQvaN xalqaro mezonlarga moslashtirildi!
Aholi salomatligini mustahkamlash va tadbirkorlar uchun qulay sharoit yaratish yo‘lida muhim qadam tashlandi. Prezidentimizning tegishli Farmoniga muvofiq, 2025-yilda 32 ta Sanitariya qoidalari va normalari (SanQvaN) xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirildi va Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.🖥Bu hujjatlar:
✅ Jahon tajribasi asosida yangilandi.
✅ 20 ga yaqin vazirlik va idoralar bilan kelishildi.
✅ Aholi salomatligini himoyalashga xizmat qiladi.
✅ Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
✅ O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtiradi.
O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida sanitariya va fitosanitariya choralarining xalqaro talablarga moslashtirilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bunday o‘zgarishlar nafaqat tashqi savdoda texnik to‘siqlarni kamaytirish, balki oziq-ovqat xavfsizligi va jamoat salomatligi tizimini tubdan yangilashni ham taqozo etadi. Mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida, JST talablariga mos ravishda oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi normativ bazani yangilash ishlari izchil davom etmoqda.
⬇️Codex Alimentarius standartlari va JSTning sanitariya va fitosanitariya choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi bitimi talablarini inobatga olgan holda Normativ bazani muvofiqlashtirish jarayonini chuqurlashtirish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari bilan bog‘liq 5 ta ustuvor SanQvaN tasdiqlandi.
📣 Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining umumiy sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0079-24-son SanQvaN (https://lex.uz/docs/7302279))
📣 Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqalarda pestitsidlarning qoldiq miqdorlari bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0094-25-son SanQvaN (https://lex.uz/ru/docs/-7670273))
📣 Oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqani ifloslantiruvchi ayrim moddalarning ruxsat etilgan maksimal darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0095-25-son SanQvaN (https://lex.uz/ru/docs/-7670273))
📣 Oziq-ovqat qo‘shimchalariga va ulardan foydalanishga hamda oziq-ovqat qo‘shimchalarini tamg‘alashga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0098-25-son SanQvaN (https://lex.uz/docs/-7678594))
📊 Kelib chiqishi hayvonot dunyosiga mansub oziq-ovqat mahsulotlarida veterinariya dori vositalari qoldiq miqdorlarining ruxsat etilgan maksimal darajalariga doir sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0099-25-son SanQvaN (https://lex.uz/uz/docs/-7661766#-7661853-bu))
🗣️ Mazkur Sanitariya qoidalari va normalari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda ishlab chiqildi. Bu esa mahsulotlar sifati, xavfsizligi va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Sanitariya minimumi kurslarida o‘qitish nega muhim?15-12-2025, 17:28
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yangi choralar ma’lum qilindi3-08-2023, 11:34
Viloyat Sanitariya Epidemiologik Osoyishtalik va Jamoat Salomatligi boshqarmasining tegishli buyrug'i asosida Yangiariq tuman dexqon bozori Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasida sanitariya nazorati o‘tkazildi.15-04-2025, 15:55
Organizmda yod tanqisligi ogʻir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.12-01-2026, 10:39
Maktabgacha ta’lim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini Brakeraj komissiyasi nazorat qilishi shart26-12-2025, 14:57











