Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » JORIY YILNING FEVRAL OYI OXIRIGACHA MAMLAKAT BO‘YLAB DAVLAT MTT BOLALARI GRIPPGA QARSHI BEPUL EMLANADI

JORIY YILNING FEVRAL OYI OXIRIGACHA MAMLAKAT BO‘YLAB DAVLAT MTT BOLALARI GRIPPGA QARSHI BEPUL EMLANADI

10-02-2026, 12:04
20
520 000 doza grippga qarshi vaksinalar davlat tomonidan xarid qilinib, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bolalarini emlash uchun hududlarga tarqatildi.

💉 Ushbu emlashni o‘tkazishdan asosiy maqsad:

✔️Bolalar, xususan maktabgacha yoshdagilar grippga nisbatan eng himoyasiz qatlam hisoblanadi. Ular jamoada ko‘p bo‘lgani sababli virus tez yuqadi.

 ✔️Fevral oyida emlash bolalarni pnevmoniya, bronxit, otit kabi og‘ir asoratlardan himoya qiladi, shuningdek, bog‘chalarda ommaviy kasallanishning oldini oladi.

✔️Gripp viruslari fevral–mart oylarida ham faol aylanishda bo‘ladi. Emlash qilinganidan so‘ng 10–14 kun ichida organizmda immunitet shakllanadi va bola mavsum oxirigacha himoyalangan bo‘ladi.

✔️Fevral oyida kasallik og‘ir kechish xavfi yuqori bo‘ladi. Emlash kasallanishni to‘liq oldini olmasa-da, uning yengil shaklda o‘tishiga va asoratlarning oldini olishga yordam beradi.

📝 Emlash jarayonida bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tkaziladi hamda sog‘lom bolalar grippga qarshi emlanadi.

⚠️ Hurmatli ota-onalar!
Bolalaringizni o‘z vaqtida emlashni unutmang! Grippga qarshi vaksinalar xavfsiz va samarali.

🌱 Zero, emlash — sog‘lom kelajak garovidir.


⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.