GRIPP VA O‘RVI MAVSUMIDA TURAR JOYLAR GIGIYENASI
O‘tkir respirator infeksiyalarning ko‘pgina qo‘zg‘atuvchilari yuzalarda bir necha soatdan bir sutkagacha saqlanishi mumkin. Quruq havo va chang kasalliklarning kechishini yomonlashtirishi mumkin.💉O‘RVI profilaktikasining samarali usullari
➡️ Nam tozalash va shamollatish.
➡️ Nam tozalashni haftasiga 1-2 marta o‘tkazing, changni esa har kuni nam salfetka bilan artib turing.
➡️Tozalashni xonaning yuqori qismlaridan boshlagan ma’qul: mebel yuzalari, pardalar uchun karnizlar, konditsionerlar, xona burchaklari.
🩺Eshik tutqichlariga, shuningdek, shkaf, tumbochka, komod tutqichlari, eiektr yoqilg’ichlari, kompyuter klaviaturasiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Oshxona haqida unutmang: chunki aynan shu yerda biz ovqat tayyorlaymiz, o‘tkir respirator infeksiyalarning qo‘zg‘atuvchilari esa idish-tovoq va oshxona anjomlarida saqlanib qolishi mumkin.
Tozalashni vannaxona va hojatxona bilan yakunlang: santexnikani puxta sararsizlantiring.
Kasallik avj olgan mavsumda tozalash paytida dezinfeksiya vositalaridan foydalaning!
❗️Agar uyda bemor bo‘lsa:
➡️ uni alohida xonaga izolyatsiya qiling;
➡️ individual oshxona anjomlari va sochiqlar bilan ta’minlang;
➡️ xonani har kuni tozalab turing va kuniga bir necha marta shamollating.
➡️Quyidagi qoidalarga rioya qiling:
1️⃣ Yo‘talganda va aksirganda bir martalik ro‘molchadan foydalaning yoki og‘zingizni tirsagingiz bilan yoping.
2️⃣ Qo‘lingizni sovunlab yuvib turing.
3️⃣ Masofani saqlang.
4️⃣ Sog‘lom turmush tarzini olib boring.
5️⃣ Tibbiy niqoblardan foydalaning.
Kasallik belgilari paydo bo‘lsa - uyda qoling va shifokorga murojaat qiling.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











